“Mastercard`dan Tashkent City Mall'da “Orzuingizdagi sayohat””

rag‘batlantiruvchi tadbirini o‘tkazish va unda qatnashish qoidalari


1.1. Ushbu “Mastercard`dan Tashkent City Mall'da “Orzuingizdagi sayohat”” rag‘batlantiruvchi tadbiri (keyingi
o‘rinlarda – “Aksiya”) O‘zbekiston Respublikasi hududida istalgan bank tomonidan chiqarilgan Mastercard kartalari miqdorini
oshirishga va bu kartalar orqali to‘lov amaliyotlari sonini oshirishga qaratilgan reklama kampaniyasi doirasida o‘tkaziladi.
1.2. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”), xalqaro to‘lov tizimi – Mastercard Europe SA manfaatlarida va
uning ko‘magida ish yurituvchi, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs “P-4-P”
mas'uliyati cheklangan jamiyati sanaladi, pochta manzili va manzili: Toshkent sh., Mirobod tumani, Oybek ko‘ch., 65, telefon: 99
301 5116, info@mastercardpromo.uz.
Javobgarlik sohasi: Aksiyani o‘tkazish, Aksiya qatnashchilarining shaxsga doir ma'lumotlarini saqlash, to‘plash va qayta
ishlash, Aksiya sayti – mastercardpromo.uz (keyingi o‘rinlarda – Aksiya Sayti) va/yoki @Mastercard_promo_bot telegram-boti
(keyingi o‘rinlarda – Telegram-bot) ishlashini texnik qo‘llab-quvvatlash, cheklar moderatsiyasi, Aksiya qatnashchilari bilan
kommunikatsiya, Aksiya g‘oliblarini aniqlash, g‘oliblarga sovrinlarni topshirishni tashkil etish, 5-bo‘limda ko‘rsatilgan sovrinlar
g‘oliblari nomidan tegishli soliq (12%) hisoblanishi va ushlab qolishida soliq agenti vazifasini bajarish va ushbu Qoidalarda
ko‘rsatilgan boshqa harakatlar.
1.3. Aksiya reklama beruvchisi (keyingi o‘rinlarda – “Reklama beruvchi”), ya'ni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs “Mastercard Europe SA” mas'uliyati cheklangan kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi
Vakolatxonasi sanaladi, manzili: Toshkent, 100000, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi,
6, info@mastercardpromo.uz.
1.4. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladi, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligi, shuningdek ushbu qoidalar (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) bilan tartibga solinadi va mutlaqo reklama xarakteriga ega
bo‘lib, lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan hyech qanday boshqa bir o‘yin sanalmaydi va Aksiya qatnashchilari Aksiyada
qatnashish bilan bog‘liq mulkiy xatarga ega bo‘lmaydilar.
2. Atamalar va tushunchalar
2.1 Qatnashchi anketasi – ro‘yxatdan o‘tishda mastercardpromo.uz Aksiya Saytida va/yoki @Mastercard_promo_bot
Telegram-botida quyidagi: Familiya, Ism, Otasining ismi, Elektron pochta, Telefon raqami tarkibida qoldirilgan Qatnashchining
shaxsga doir ma'lumotlari.
2.2 Qatnashchining ro‘yxatdan o‘tishi – Qatnashchi tomonidan ushbu Qoidalarning 4.1.3-b.da ko‘rsatilgan ma'lumotlarni
Aksiya Saytida bir marta kiritishi.
2.3 Avtorizatsiya – Qatnashchining tizim uni identifikatsiyalashi uchun o‘z login va parolini kiritishi.
2.4 E-mail – Aksiya Qatnashchisining internet tarmog‘i pochta serverlaridan birida ro‘yxatdan o‘tgan, Qatnashchi foydalana
oladigan elektron pochta manzili.
2.5 Shaxsiy kabinet – Saytdagi Qatnashchining shaxsiy bo‘limi bo‘lib, unda ro‘yxatdan o‘tgan cheklar va berilgan sovrinlar
haqidagi ma'lumotlar aks etadi.
2.6 Moderatsiya – kiritilgan ma'lumotlarning ushbu Qoidalar talablariga muvofiqligini tekshirish. Moderatsiya Tashkilotchi
tomonidan butun Aksiya muddati davomida, jumladan Sovrinlarni topshirish bosqichida amalga oshiriladi. Qatnashchi tomonidan
yolg‘on yoki xato ma'lumot kiritilgani aniqlangan holatda Tashkilotchi uni va bunday qatnashchining keyingi ma'lumotlarini
hisobga olmaydi. Aksiya o‘tkazilishining istalgan bosqichida Tashkilotchi Qatnashchi tomonidan u yoki bu Chekni ro‘yxatdan
o‘tkazgani va Aksida u kiritgan ma'lumotlarning haqqoniyligini tekshirish huquqiga ega. Buning uchun Tashkilotchi Qatnashchi
bilan bog‘lanadi va unga 5 (besh) ish kuni davomida Chekni nusxa (fotosurat, skan) ko‘rinishida Tashkilotchi ko‘rsatgan elektron
manzilga yuborish zarurligini ma'lum qiladi. Qatnashchi tashkilotchining talabini belgilangan muddatda bajarmagan holatda,
Tashkilotchi Qatnashchini Aksiyadan chiqarish va/yoki unga Sovrin topshirishni rad etish huquqiga ega.
2.7 Ariza – Qatnashchining Aksiyada qatnashish borasida moderatsiyadan o‘tgan va noyob raqamga ega so‘rovi.
2.8 Ariza raqami – Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq topshirilgan har bir Arizaga berilgan noyob tartib raqami.
2.9 Arizalar reestri – Qatnashchi haqidagi ma'lumotlarga, shuningdek Qatnashchi Arizasiga berilgan Raqamga ega
Arizalarning jamlanma jadvali.
2.10 Nomzod – ushbu Qoidalar 6.3-b.ga muvofiq G‘olib deb topilgan aksiya qatnashchisi. Nomzod Aksiya Qoidalari
muvaffaqiyatli bajarilgan, ushbu Qoidalarning 7-bo‘limiga muvofiq kerakli hujjatlar taqdim etilgan va tekshiruvdan muvafaqiyatli
o‘tgan va Sovrinni olish istagi tasdiqlangandan keyin G‘olib bo‘ladi. Shuningdek, Nomzod ushbu Aksiya Qoidalarining 4-b.ga
muvofiq barcha shartlarni bajarishi lozim.
2.11 G‘olib – Qoidalarning 6-bo‘limida belgilangan tartibda G‘olib deb topilgan Qatnashchi.
2.12 Mukofot – aniq tavsifi Qoidalarning 5- bo‘limida keltirilgan Aksiya G‘olibiga topshirilishi kerak bo‘lgan
sovrin/sovrinlar.
2.13 Aksiya G‘oliblarini aniqlash – Qoidalarning 6-b.ga muvofiq amalga oshiriladigan Aksiya G‘oliblarini aniqlash taomili.
2.14 Aksiya Sayti – Aksiya o‘tkaziladigan internet-sayt: mastercardpromo.uz. Aksiya saytida Aksiyaning to‘liq Qoidalari
joylashtirilgan.
2.15 Telegram-bot – Telegram messenjerida https://t.me/Mastercard_promo_bot manzilida joylashgan
@Mastercard_promo_bot maxsus akkaunti, u foydalanuvchilarning xabarlarining avtomatik qayta ishlaydi va jo‘natadi.
2.16 Qatnashchi – ushbu Qoidalar talablariga muvofiq keluvchi va ushbu Qoidalarda belgilangan majburiyatlarni bajargan
shaxs. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el davlatlarining O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchisi bo‘lgan
istalgan fuqarolaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan Mastercard to‘lov kartalarining sohiblari bo‘lgan 18 yosh vaundan katta jismoniy shaxslar qatnashchi bo‘lishlari mumkin. Mastercard, Tashkilotchi, Tashkent City Mall ishchilari va vakillari,
ularning afillangan shaxslari, ularning oila a'zolari, shuningdek Aksiyani tashkil etish va o‘tkazishga aloqador boshqa yuridik
shaxslar va/yoki xususiy tadbirkorlarning xodimlari va ularning oila a'zolari Qatnashchi bo‘la olmaydilar.
2.17 Aksiyada qatnashish shartnomasi – aksiya o‘tkazilishi doirasida Tashkilotchi va Qatnashchining o‘zaro majburiyatlari
to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lib, Qatnashchi uchun beg‘araz bo‘ladi, Qatnashchining ushbu Qoidalar matnida mavjud shartlarga
qo‘shilishi yo‘li bilan tuziladi.
2.18 Chek va slip – O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan Mastercard kartasi orqali to‘lov amalga oshirilganligini
tasdiqlovchi, Tashkent City Mall do‘konlarida nazorat-kassa texnikasida qog‘oz tashuvchiga chop etilgan, Qatnashchi tomonidan
Toshkent sh., Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan Tashkent City Mall savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi
hududida chiqarilgan Mastercard kartasi yordamida 300 000 so‘m va undan yuqori summada xaridni amalga oshirganligi faktini
tasdiqlovchi kassa fiskal cheki va slipi bo‘lib, quyidagi majburiy rekvizitlarni o‘zida aks ettiradi: sana, raqam, summa va
qonunchilik talablariga muvofiq boshqa rekvizitlar. Aksiyada quyidagi cheklar va sliplar taqdim etilishi mumkin emas:
• Ma'lumot mavjud bo‘lmagan yoki ancha o‘chgan, shikastlangan chek va/yoki slip;
• Chek va/yoki slip bo‘lmagan har qanday boshqa surat.
Chek va/yoki slip skani yoki fotosurati quyidagi texnik talablarga muvfoiq kelishi lozim: JPEG, GIF, PNG formati, o‘lchami 5
Mb.dan ko‘p bo‘lmagan, ravshanligi 200 (ikki yuz) dpi.dan kam emas, xarid cheklarining nusxalari texnik jihatdan sifatli bo‘lishi
kerak. Fotosurat sanalmaydigan (skrinshot, ottisk, rasm, kompyuter grafikasi, fotomontaj) tasvirlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Chek va slip
to‘liq, jumladan tepa va pastki chetlari bilan suratga olingan bo‘lishi lozim, tasvir qat'iyan vertikal yo‘nalishda bo‘lishi kerak. Kassa
chekining QR-kodi tasvirida chet narsalar, soya bo‘lmasligi shart. Tasvirdagi kassa cheki g‘ijimlanmagan, yirtilmagan bo‘lishi,
tasvirda bittadan ko‘p QR-kod bo‘lmasligi kerak.
2.19 Aksiya Anonsi – tashkilotchining Aksiya o‘tkazilishi haqidagi ommaviy axborotni o‘z ichiga olgan, Tashkilotchi
tomonidan aksiya Sayti – mastercardpromo.uz da va/yoki @Mastercard_promo_bot Telegram-botida, shuningdek
https://www.mastercard.uz/ru-uz.html saytida ushbu Qoidalarning 3-b.da belgilangan muddatda chop etilgan xabari. Atamalarning
bayon etilganidan o‘zgacha talqiniga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Aksiya tavsifi
3.1. Aksiya o‘tkazilishi hududi – O‘zbekiston Respublikasi.
3.2. Qatnashchilarning ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan barcha harakatlari Toshkent vaqti bilan 2024 y. 10 dekabr soat 00 dan
00 daqiqa 00 sekund o‘tgandan boshlab, to 2025 y. 10 yanvar soat 23 dan 59 daqiqa 59 sekund o‘tgunga qadar bo‘lgan, belgilangan
muddatga kiruvchi (agar o‘zgacha shartlar keltirilgan bo‘lmasa) davrdagi kalendar kunlarda amalga oshirilgan va Tashkilotchi
tomonidan qayd etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan har qanday vaqt Toshkent vaqti deb ko‘rilsin.
3.3. Aksiya 2024 yil 10 dekabrdan 2025 yil 15 martgacha bo‘lgan muddatda (Sovrinlarni topshirish ham shunga kiradi), jumladan
quyidagi muddatlarda (yuqoridagi muddat ichida) o‘tkaziladi:
3.3.1. Qatnashchilar tomonidan Qoidalarning 4-b.da belgilangan harakatlarning bajarilishi 2024 yil “10” dekabrdan 2025 yil
“10” yanvargacha davrda har kuni, jumladan quyidagi muddatlarda (yuqoridagi muddat ichida) amalga oshiriladi:
• ikkinchi darajadagi sovrinlarni olish uchun birinchi davr 2024 y. 10 dekabr soat 00 dan 00 daqiqa 00 sekund o‘tgandan
boshlab, to 2024 y. 20 dekabr soat 23 dan 59 daqiqa 59 sekund o‘tgunga qadar;
• ikkinchi darajadagi sovrinlarni olish uchun ikkinchi davr 2024 y. 21 dekabr soat 00 dan 00 daqiqa 00 sekund o‘tgandan
boshlab, to 2024 y. 27 dekabr soat 23 dan 59 daqiqa 59 sekund o‘tgunga qadar;
• ikkinchi darajadagi sovrinlarni olish uchun uchinchi davr 2024 y. 28 dekabr soat 00 dan 00 daqiqa 00 sekund o‘tgandan
boshlab, to 2025 y. 03 yanvar soat 23 dan 59 daqiqa 59 sekund o‘tgunga qadar;
• Bosh sovrinni olish uchun umumiy davr 2024 y. 10 dekabr soat 00 dan 00 daqiqa 00 sekund o‘tgandan boshlab, to 2024 y.
10 yanvar soat 23 dan 59 daqiqa 59 sekund o‘tgunga qadar.
3.3.2. aksiya G‘oliblarini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• ikkinchi daraja sovrinlarining o‘ynalishi tegishli qatnashuv davri uchun 2024 yil 21, 28 dekabr va 2025 yil 04 yanvar kunlari
amalga oshiriladi;
• Bosh sovrin o‘ynalishi 2025 yil 11 yanvarda amalga oshiriladi.
3.3.3. G‘oliblarni aniqlash yakunlarining e'lon qilinishi ushbu Qoidalarning 6.6-b.da ko‘rsatilgan muddatlar va tartibda amalga
oshiriladi.
3.3.4. Sovrinlarni topshirish (jo‘natish) ushbu Qoidalarning 3.3-b.da ko‘rsatilgan umumiy muddat doirasida amalga oshiriladi.
3.4. Tashkilotchi, bunday o‘zgartishlarni albatta Saytda e'lon qilgan holda, ushbu Qoidalarga, jumladan yutuq o‘ynalishi va
sovrinlarni topshirish ro‘yxati, nomi, miqdori, muddatlari bo‘yicha o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega. O‘zgartishlar, agar ushbu
Qoidalarga o‘zgartishlari kiritilgani munosabati bilan boshqa sana ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular Saytda e'lon qilingan vaqtdan kuchga
kiradi.
4. Aksiyada qatnashish tartibi
4.1 Aksiya Qatnashchisi bo‘lish uchun ushbu Qoidalarning 2.16-bandida belgilangan talablarga muvofiq keluvchi shaxs
Qoidalarning 3.3.1-bandida ko‘zda tutilgan davrda quyidagi amallarni bajarishi kerak bo‘ladi:
4.1.1. Ushbu Qoidalar bilan tanishish va ularga rozi bo‘lish, rozilikning tasdiqi Qoidalarda sanab o‘tilgan harakatlarni bajarish
bo‘ladi.
4.1.2. Tashkent City Mall savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan bank tomonidan chiqarilgan
Mastercard to‘lov kartasi yordamida 300 000 so‘m va undan yuqori summada xaridni amalga oshirish. Xarid qilingan tovar bilan
Chek va Slipni olish.
4.1.3. Tegishli bosqich davomida mastercardpromo.uz sayti va/yoki @Mastercard_promo_bot Telegram-botida 2.1-b.ga
muvofiq Anketani to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tish. Tashkilotchi ro‘yxatdan o‘tish shakli tegishli shaklda to‘ldirilmagan (noto‘liq yokinoto‘g‘ri axborot kiritilgan) qatnashchilarning aksiyada qatnashishlarini rad etish huquqiga ega. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi
majburiy satrlarga ega shaklni to‘ldirish lozim:
• Ism;
• Familiya;
• E-mail (format: XXX@XXX.XX);
• Mobil telefon raqami;
• Shaxsga doir Ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik (tasdiq ishorasi majburiy);
• Qoidalarga rooziligimni tasdiqlayman (tasdiq ishorasi majburiy).
Ro‘yxatdan o‘tish shakli to‘ldirilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochtaga Saytdagi shaxsiy kabinetga
kirish uchun parol jo‘natiladi.
4.1.4. Toshkent sh., Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan Tashkent City Mall savdo markazida O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi istalgan bank tomonidan chiqarilgan Mastercard to‘lov kartasi yordamida amalga oshirilgan 300 000 so‘m
va undan yuqori summadagi xaridda berilgan Chek va Slipni 3.3.1-b.da ko‘rsatilgan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish. Chek va Slip
fotosuratini maxsus bo‘limga yuklash
4.1.5. Tashkilotchi, agar tasvir o‘qib bo‘lmaydigan (jumladan, qisman shikastlanishlar, tiniq emas) yoki qalbaki deb topilsa,
Qatnashchi yuklagan Chek va/yoki Slipini hisobga olmaslik huquqiga ega.
4.1.6. Qatnashchi Aksiya o‘tkazilish muddatining oxirigacha Chek va Sliplarni saqlab qolishi lozim.
4.1.7. Qatnashish va moderatsiyadan o‘tishga ariza taqdim etishdan keyin Qatnashchiga Aksiyada qatnashish uchun zarur
noyob tartib raqami biriktiriladi va jo‘natiladi.
4.2. Cheklar, Sliplarni yuklash va Aksiyada qatnashish uchun zarur bo‘lgan, mobil telefon, noutbuk yoki boshqa yuqori
texnologik qurilma vositasida taqdim etiladigan internet-trafik qiymati uyali aloqa operatori yoki internet-xizmatlar yetkazib
beruvchisi tomonidan belgilanadi va Qatnashchi tomonidan mustaqil, belgilangan tariflarga muvofiq to‘lanadi.
4.3. Sovrinlar o‘yinalishida qatnashish shartlari: Tashkent City Mall savdo markazida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi
istalgan bank tomonidan chiqarilgan Mastercard to‘lov kartasi yordamida 300 000 so‘m va undan yuqori summadagi xarid amalga
oshirilgandan va 4.1.1-4.1.6-b.larda keltirilgan harakatlar bajarilgandan keyin Qatnashchi yutuqlar o‘ynalishida qatnashish huquqiga
ega bo‘ladi:
• Ikkinchi daraja sovrinlari – tegishli xaridni amalga oshirish va Arizani taqdim etish davri uchun. Bir Qatnashchi butun
Aksiya davri mobaynida 1 (bir) donadan ko‘p bo‘lmagan Sovrinni yutib olishi mumkin.
• Bosh sovrin – butun Aksiya davri mobaynida taqdim etilgan barcha Arizalar uchun.
4.4. Bitta unikal Chek va Slip Aksiyada qatnashish uchun bir marta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Aksiyada qatnashish
uchun oldin ro‘yxatdan o‘tkazilgan unikal chekni takroriy ro‘yxatdan o‘tkazish Aksiyada qatnashish uchun harakatlarni amalga
oshirish deb sanalmaydi va Aksiyada qatanashish huquqini bermaydi.
4.5. Bir qatnashchi Toshkent sh., Botir Zokirov ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan Tashkent City Mall savdo markazida
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan bank tomonidan chiqarilgan Mastercard to‘lov kartasi yordamida amalga oshirilgan
300 000 so‘m va undan yuqori summadagi istalgancha miqdordagi xaridlarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
4.6. Qatnashchilarning identifikatsiyasi familiya, ism, mobil telefon raqam va Qatnashchi tomonidan ushbu Qoidalarning 4.1.3-
b.ga muvofiq ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan boshqa ma'lumotlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
4.7. Tashkilotchi Qatnashchining yoshi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi
pasporti)ni tekshirish va Aksiyani o‘tkazish hamda Sovrinni olish maqsadlari uchun zaruriy boshqa axborotlarni taqdim etishni talab
qilishga haqli.
4.8. Tashkilotchi quyidagilarni, sababini izohlamay, Qatnashchilar va G‘oliblar safidan bir tomonlama chetlatish huquqiga ega:
• Tashkilotchi so‘rovidan keyin 5 (besh) ish kuni davomida 7-b.ga muvofiq hujatlar taqdim etmagan shaxslarni;
• O‘zi haqida noto‘g‘ri axborot bergan yoki Sovrinni asossiy olish maqsadida qalloblik harakatlarini sodir etishda
gumonlangan shaxslarni;
• Ushbu Qoidalarning boshqa holatlarini buzgan shaxslarni.
5. Sovrin fondi
5.1. Aksiya doirasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi (keyingi o‘rinlarda – Sovrinlar):
5.1.1. Ikkinchi darajavsovrinlari:
Telefon iPhone 16 (128 Gb),
Multistayler Dyson,
multistayleri, PlayStation 5* o‘yin konsoli
har bir qatnashish davri uchun
Butun aksiyacdavridagi Sovrinlarcmiqdori cheklangancva quyidagicha: Jami 9 (to‘qqiz)ta.
5.1.2. Bosh sovrin: Maldivga 3 (uch)ta sayohat (parvozlar davri 2025-yil 10-fevraldan 2025-yil 15-martgacha), davomiyligi 4 (to‘rt) tun, mehmonxonada ikki kishilik joylashuv, aviaparvoz – Toshkent-Male-Toshkent ekonom-toifada*
Butun aksiyacdavridagi Sovrinlarcmiqdori cheklangancva quyidagicha: Jami 3 (uch)ta.
* Ushbu Aksiya yuzasidan sovrin (sovrinlar) topshirilishi tufayli yuzaga keladigan tegishli soliqlar va davlat byudjetiga
majburiy to‘lovlar to‘lash tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi. Tashkilotchi soliq agenti funksiyasini bajaradi, shu munosabatbilan Soliq Kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jismoniy shaxslar daromadiga soliqni ushlab
qoladi va byudjetga o‘tkazadi. Sovrinning qo‘shimcha pulli qismi Tashkilotchi tomonidan alohida to‘lanmaydi, chunki u Sovrin
qiymatidan ushlab qolinadigan soliq summasi (12%) sanaladi. Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar (masalan, Qatnashchi
JShShIR yoki O‘zR hududida soliq to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatini tasdiqlovchi bolshqa hujjatni taqdim etmagani) tufayli
Tashkilotchi tomonidan tegishli soliqlar va davlat byudjetiga majburiy to‘lovlar to‘lash imkonsiz bo‘lgan holatlarda Qatnashchi
sovrinni olish imkoniga ega bo‘lmaydi va Sovrin Tashkilotchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishlatiladi.
5.2. Aksiya doirasida beriladigan Sovrinlar miqdori cheklangan. Aksiya G‘oliblarini aniqlashning joriy bosqichida biror-bir
sababga ko‘ra egasi chiqmagan barcha Sovrinlar Aksiya G‘oliblarini Aniqlashning keyingi bosqichiga o‘tadi yoki g‘oliblar
ro‘yxatidagi navbatda keyingi o‘rinda turgan Qatnashchiga o‘tkaziladi. Bunda butun aksiya davri davomida o‘ynalayotgan Sovrinlar
umumiy miqdori Qoidalarning 5.1-b.da ko‘rsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
5.3. Sovrinning tashqi ko‘rinishi reklama va boshqa materiallarda aks etganidan farqlanishi mumkin.
5.4. Sovrin qiymatining puldagi ekvivalentini to‘lash yoki boshqa sovrinlar bilan almashtirish amalga oshirilmaydi.
4. Aksiya G‘oliblarini Aniqlash tartibi
6.1. 4.1.1-4.1.4-b.larga muvofiq bajarilgan harakatlar natijasida olingan barcha Arizalar har kuni to‘planib boradi va
Qatnashchining Aksiya Saytidagi shaxsiy kabinetidagi individual hisobraqamda hisobga olinadi.
6.2. Tegishli davr yakunlangani faktiga ko‘ra Arizalar reestri shakllantiriladi, unga 4.3-b.ga muvofiq taqdim etilgan har bir
bosqichda G‘oliblarni Aniqlash uchun Qatnashchilar Araizalari kiritiladi.
6.3. G‘oliblarni aniqlash Random.org saytida tasodifiy sonlar generatori yoki, Aksiya Tashkilotchisining ixtiyoriga ko‘ra, istalgan
boshqa shunga o‘xshash dastur yordamida tanlash yo‘li bilan, Qatnashchilarning yutgan raqamlarini Aksiya Qatnashchilari raqamlari
orasidan tasodifiy tanlab olish orqali, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• 10.12.2024 y.dan 20.12.2024 y.gacha davrda topshirilgan Arizalar o‘rtasida o‘yin 21.12.2024 y.da Toshkent vaqti bilan 16:00
da o‘tkaziladi. Tashkilotchi 3 (uch) nafar G‘olibni, shuningdek 3 (uch) nafar zaxiraviy Qatnashchini ustuvorlik tartibida
aniqlaydi;
• 21.12.2024 y.dan 27.12.2024 y.gacha davrda topshirilgan Arizalar o‘rtasida o‘yin 28.12.2024 y.da Toshkent vaqti bilan 16:00
da o‘tkaziladi. Tashkilotchi 3 (uch) nafar G‘olibni, shuningdek 3 (uch) nafar zaxiraviy Qatnashchini ustuvorlik tartibida
aniqlaydi;
• 28.12.2024 y.dan 03.01.2024 y.gacha davrda topshirilgan Arizalar o‘rtasida o‘yin 04.01.2024 y.da Toshkent vaqti bilan 16:00
da o‘tkaziladi. Tashkilotchi 3 (uch) nafar G‘olibni, shuningdek 3 (uch) nafar zaxiraviy Qatnashchini ustuvorlik tartibida
aniqlaydi;
• 10.12.2024 y.dan 10.01.2024 y.gacha davrda topshirilgan Arizalar o‘rtasida Bosh sovrinni olish uchun o‘yin 11.01.2024 y.da
Toshkent vaqti bilan 16:00 da o‘tkaziladi. Tashkilotchi 3 (uch) nafar G‘olibni, shuningdek 3 (uch) nafar zaxiraviy
Qatnashchini ustuvorlik tartibida aniqlaydi.
6.4. Qatnashchi allaqachon tegishli Sovrin sohibi bo‘lgan holatda va shu yoki boshqa sababga ko‘ra Sovrinni olish huquqini boy
bersa, zaxirada keyingi o‘rinda turgan Qatnashchi g‘olib bo‘ladi.
6.5. Aksiya G‘oliblarini Aniqlash Tashkilotchi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan tartibda o‘tkaziladi.
6.6. Aksiya G‘oliblari aniqlangandan keyin Tashkilotchi 5 (besh) ish kuni davomida Aksiya Saytida G‘oliblar ro‘yxatini e'lon
qiladi. Shuningdek, Tashkilotchi G‘olibni g‘alaba qozongani haqida Aksiya Saytidagi shaxsiy kabinetiga va/yoki Telegram
messenjeriga xabar yuborish orqali xabardor qiladi.
5. Sovrinlarni topshirish tartibi
7.1. Sovrinlar ushbu Qoidalar 3.3.-bandida ko‘rsatilgan umumiy muddat doirasida topshiriladi.
7.2. Ushbu Qoidalar 6-b.ga muvofiq Aksiya G‘oliblari Aniqlanishi taomili o‘tkazilgandan keyin Aksiya Tashkilotchisi 5 (besh)
ish kuni davomida ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan elektron pochtaga Qatnashchi Aksiya G‘olibi deb topilgani haqida xabarnoma
yuboradi.
7.3. Sovrinni olish uchun G‘olib tashkilotchidan o‘zi G‘olib deb topilgani haqidagi xabarnomani olgan sanadan boshlab 5
(besh) ish kuni davomida Aksiya Saytidagi shaxsiy kabinetida quyidagi hujjatlarning skanlangan nusxalari va axborotni taqdim
etishi lozim:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidagi rezidentligini tasdiqlovchi boshqa
hujjat;
• JShShIR guvohnomasi;
• Sovrinni yetkazib berish va Qabul qilish-topshirish dalolatnomasining aslini berish uchun amaldagi yashash joyi
to‘g‘risida axborot;
• Tashkilotchi tomonidan alohida so‘rovga ko‘ra ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
Hujjatlar va axborot to‘liq va haqqoniy bo‘lishi lozim. Javob xatida Tashkilotchi Sovrinni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
shaklini yuboradi. Tashkilotchi G‘oliblarga Sovrinni olish va foydalanish uchun zarur hujjatlar (jumladan O‘zR fuqarosi pasporti,
O‘zR hududida soliq to‘lovchi maqomi, xorijga chiqish pasporti, vizalar va boshqalar)ni olishda ko‘makni amalga oshirmaydi.
7.4. Hujjatlar tekshirilib, taqdim etilgan ma'lumotlar haqqoniyligi tasdiqlangandan keyin tashkilotchi Sovrinni qabul qilish-
topshirish dalolatnomasini imzolash va uni topshirish vaqti va joyini aniqlash uchun g‘olib bilan bog‘lanadi. Sovrinni topshirish
Qatnashchi bilan kelishilgan manzilga kuryer orqali yoki Tashkilotchi ko‘rsatgan joyda amalga oshiriladi.
7.5. Sovrinni olish vaqtida G‘olib quyidagi hujjatlar aslini taqdimetishi lozim: shaxsni tasdiqlovchi pasport, Chek va Slip,
shuningdek kuryer yoki Tashkilotchi vakili taqdim etadigan Sovrinni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolashi kerak.
Sovrinni topshirishda taqdim etilgan pasport ma'lumotlari 7.3-b.da ko‘rsatilgan pasport ma'lumotlariga muvofiq kelmasa,
kuryer/Tashkilotchi vakili G‘olibga Sovrinni topshirishni rad etish huquqiga ega. G‘olib Sovrinni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan holatda kuryer/Tashkilotchi vakili G‘olibga sovrin topshirishni rad etish huquqiga ega.7.6. Sovrinni olgan G‘olibdan imzolangan Dalolatnoma olingach, G‘olibga Sovrinning qo‘shimcha pul qismi (Sovrinning pulli
qismi) beriladi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq, Tashkilotchi soliq agentli sanaladi, soliq
organlariga jismoniy shaxslarning ularga Sovrin topshirilgani tufayli yuzaga kelgan daromadlari haqida ma'lumot taqdim etadi,
shuningdek Sovrinning Qo‘shimcha pulli qismidan jismoniy shaxslar daromadlariga soliqni to‘liq hajmda ushlab qoladi va to‘laydi.
7.7. Sovrin quyidagi sabablarga ko‘ra topshirilmaydi:
• G‘olib Sovrindan yoki Dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa.
• Tashkilotchi G‘olib bilan bog‘lana olmasa, G‘olib esa yakunlar bilan tanishmasa va 7.3-b.ga muvofiq Tashkilotchi bilan
aloqagaa chiqmasa va/yoki Tashkilotchidan xabarnoma olgandan keyin 5 (besh) ish kuni davomida 7.3-b.da ko‘rsatilgan
hujjatlar nusxasini taqdim etmasa.
• G‘olib Sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan va ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan biror-bir harakatlarni bajarmasa yoki ularni
belgilangan muddatni buzgan holda bajarsa.
• G‘olib, jumladan Tashkilotchining qo‘shimcha so‘rovidan keyin ham, hujjatlarning birortasini taqdim etmasa.
• Hujjatlarni tekshirishda Qatnashchi o‘zi haqida noto‘g‘ri yoki haqqoniy bo‘lmagan axborotni taqdim etgani aniqlansa.
• Qatnashchi ushbu Qoidalarning talablaridan birortasini buzsa.
7.8. Tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, maxsus amaliyotlar, isyonlar, fuqarolik tartibsizliklari, taqiqlovchi xarakterdagi normativ
aktlar e'lon qilinishi va Tashkilotchi irodasiga bog‘liq bo‘lmagan lekin Sovrinni Qoidalarda belgilangan muddatda taqdim etish
imkoniyatiga ta'sir qiluvchi boshqa holatlar tufayli yuzaga kelgan fors-major holatlari (yengib bo‘lmas kuch holatlari)da Sovrin
topshirilmaydi va almashtirilmaydi.
7.9. Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan u yoki bu sabablarga ko‘ra Qoidalarda belgilangan muddatida berilmagan Sovrin egasi
chiqmagan sanaladi. Egasi chiqmagan Sovrinlar saqlab turilmaydi va Tashkilotchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishlatiladi.
8. Aksiya o‘tkazilishi haqida xabardor qilish tartibi
8.1. Qatnashchilar Aksiya o‘tkazilishi to‘g‘risida, jumladan uning o‘tkazilishi qoidalari haqida axborotni Aksiyaning
mastercardpromo.uz saytida va/yoki @Mastercard_promo_bot Telegram-botida joylashtirish orqali xabardor qiladi.
9. Aksiya Qatnashchilari va tashkilotchisining huquqlari va majburiyatlari
9.1. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya qatnashchilari to‘g‘risidagi axborotni uchinchi shaxslarga taqdim etish huquqiga ega emas,
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya Qatnashchisi
bilan yozma muzokaralar yoki boshqa turdagi muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.
9.2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, Tashkilotchi g‘oliblarga nisbatan soliq agenti
sifatida ish ko‘radi va soliq idoralariga G‘oliblarning natural shaklda Sovrinlar olganlari tufayli jismoniy shaxslar daromadlari
to‘g‘risida ma'lumotlarni taqdim etadi.
9.3. Aksiyada qatnashish fakti uning Qatnashchilari ushbu Qoidalar bilan tanishgan va ularga roziligini nazarda tutadi.
Qoidalarga rozilik to‘liq va so‘zsiz bo‘ladi.
9.4. Aksiya Qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan Mastercard to‘lov kartalari yordamidagi xaridni
tasdiqlovchi chek va slipni saqlab qo‘yishlari lozim. Tashkilotchida taqdim etilgan axborotning haqqoniyligiga yoki Qatnashchi
tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishiga shubha uyg‘onsa, u Qatnashchidan yuqorida keltirilgan hujjatlarni va boshqa axborotni
so‘rab huquqiga ega.
9.5. Aksiya Tashkilotchisi ushbu Qoidalarga muvofiq G‘olib deb topilgan Aksiya Qatnashchilariga Sovrinlar taqdim etishi
shart.
9.6. Aksiya G‘oliblariga Sovrinlar qiymatining pul ekvivalenti to‘lanishi, shuningdek Sovrinlarning pul qismi alohida
to‘lanishi mumkin emas. Sovrinlar miqdori cheklangan.
9.7. Aksiya Tashkilotchisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, Qatnashchilarga sabablarini izohlamay va ular bilan yozishmalarga kirishmay,
Aksiya Qatnashchilarining istalgan harakatlarini kuchga ega emas deb topish, shuningdek Tashkilotchida ma'lumotlarni
qalbakilashtirish yoki Aksiyada qatnashish uchun zaruriy har qanday ma'lumotlarni qalbakilashtirishdan foyda ko‘rish borasida
asosli shubhalar yuzaga kelgan har qanday shaxsning Aksiyada qatnashishni davom ettirishni taqiqlash huquqiga ega.
9.8. U yoki bu mobil telefon raqami qaysi shaxs nomiga rasmiylashtirilgani haqida munozara tug‘ilganda, Tashkilotchi
Sovringa da'vogarlik qilayotgan shaxsdan ushbu shaxsga yoki ushbu shaxsning vasiylariga mobil telefon raqami
rasmiylashtirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
10. Tashkilotchi va Qatnashchi o‘rtasida shartnoma tuzish usuli
10.1. Tashkilotchi va Qatnashchi o‘rtasida Aksiyada qatnashish shartinomasi Qatnashchi uchun beg‘araz sanaladi (Mahsulot
Qatnashchi tomonidan shaxsiy iste'mol uchun sotib olinadi), Qatnashchini ushbu Qoidalar matnida mavjud shartlarga qo‘shilishi
yo‘li bilan, quyidagi usulda tuziladi:
10.2. Ko‘rsatilgan shartnomani tuzish tashkilotchi tomonidan ushbu Qoidalarni Saytga joylashtirish va Qatnashchi tomonidan
oferta (aksept) Qoidalarning 4.1.3-b.da ko‘rsatilgan harakatlarning Qatnashchi tomonidan bajarilishi yo‘li bilan qabul qilinishi
vositasida amalga oshiriladi.
10.3. Ushbu Qoidalarning 4.1.3-b.da ko‘rsatilgan harakatlarni bajarib, Qatnashchi ushbu Qoidalarning to‘liq matni
bilan tanishib chiqqanligini, shaxsga doir ma'lumotlari qayta ishlanishiga roziligini va Aksiya Saytida ro‘yxatdan o‘tishda
ko‘rsatilgan aloqa kanallari orqali Aksiya amalga oshirilishiga oid xabarlarni olishga roziligini tasdiqlaydi.
11. Qoidalarni o‘zgartirish va Aksiyani muddatidan oldin yakunlash
11.1. Tashkilotchi, bir tomonlama va o‘z ixtiyoriga ko‘ra Aksiyani bekor qilish, muddatidan oldin yakunlash yoki ushbu
Qoidalarni o‘zgartirish huquqiga ega. Aksiyani o‘zgartirish yoki muddatidan oldin yakunlash yana biror-bir texnik muammolar
yuzaga kelgan, Saytga zararli kompyuter dasturlari (viruslar) salbiy ta'sir ko‘rsatgan yoxud Sayt ishida Aksiyani o‘tkazishga
to‘sqinlik qiluvchi boshqa turdagi uzilishlar yuzaga kelgan holatlarda, shuningdek fors-major yoki Aksiyani o‘tkazishni imkonsiz,bajarib bo‘lmaydigan, maqsadga nomuvofiq boshqa holatlar yuzaga kelganda yoki har qanday boshqa sababalarga ko‘ra ham ro‘y
berishi mumkin.
11.2. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, bir tomonlama Aksiyada qatnashishni kuchga ega emas deb topish, shuningdek
qatnashish jarayonini har qanday ko‘rinishda qalbakilashtirishdan foyda ko‘radigan yoki ushbu Qoidalarni buzgan holda ish
ko‘rayotgan istalgan shaxsning Aksiyada qatnashishda davom etishini taqiqlash huquqiga ega.
11.3. Tashkilotchi Qoidalardagi o‘zgarishlar yoki Aksiya bekor qilinishi to‘g‘risida Qatnashchilarni Qoidalarning 13-m.da
ko‘rsatilgan tartibda xabardor qiladi.
12. Qatnashchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash tartibi
12.1. Aksiya o‘tkazilishi doirasida shaxsga doir ma'lumotlar operatori Aksiya tashkilotchisi bo‘ladi, u haqdagi ma'lumotlar
Qoidalarning 1.1-b.da keltirilgan.
12.2. Qatnashchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlash maqsadlari: 1) ushbu Qoidalar va amaldagi qonunchilikka
muvofiq Aksiya o‘tkazish; 2) Tashkilotchi tomonidan soliq agenti vazifasining bajarilishi.
12.3. Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadlari: ushbu Qoidalar va amaldagi qonunchilikka muvofiq Aksiya
o‘tkazish.
12.4. Qatnashchi tomonidan taqdim etiladigan va Tashkilotchi yoki u jalb qiladigan shaxslar tomonidan qayta ishlanadigan
shaxsga doir ma'lumotlar ro‘yxati ushbu Qoidalarga muvofiq Qatnashchi o‘zi haqida ma'lum qiladigan ma'lumotlar bilan
chegaralanadi.
12.5. Qatnashchilarga taqdim etiladigan shaxsga doir ma'lumotlar ustidagi harakatlar ro‘yxati: to‘plash, yozish, tizimlashtirish,
to‘plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, foydalanish
imkonini berish), mavhumlashtirish, bloklash, o‘chirish, shaxsga doir ma'lumotlarni o‘chirish.
12.6. Tashkilotchi shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashni Aksiya o‘tkazilishi muddatida tashkil etadi. Aksiya
yakunlanganidan keyin 10 kun ichida Tashkilotchining tasarrufidagi barcha Qatnashchilar shaxsga doir ma'lumotlari yo‘q qilinadi,
daromadlariga nisbatan soliq agenti funksiyasi amalga oshirilgan Qatnashchilardan kelib tushgan hujjatlar va xabarlar bundan
mustasno, ular 5 yil davomida saqlab turiladi.
12.7. Qatnashchi istalgan paytda Tashkilotchining lukyanova@p4p-agency.com elektron manziliga yozma arizaning skanini
yuborish yo‘li bilan shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashga ruxsatnomani qaytarib olishi mumkin, bu o‘z shaxsga doir
ma'lumotlarini qaytarib olgan shaxsning Aksiyada qatnashuvi avtomatik bekor bo‘lishiga olib keladi.
13. Qo‘shimcha shartlar
13.1. Tashkilotchi Aksiyada qatnashuvchi shaxslar bilan yozma muzokaralar yoki boshqa turdagi muloqotga kirishmaydi.
13.2. Tashkilotchi, Aksiyada qatashishning noqonuniy uslublaridan foydalanish, jumladan (lekin bular bilan chegaralanib
qolmay): dasturiy vositalardan foydalanish, kodlar generatsiyasiga urinish, Qatnashchining natijalariga ta'sir ko‘rsatuvchi har
qanday qalloblik harakatlari, Qatnashchining Aksiyada takroriy ro‘yxatdan o‘tishi, boshqaning nomiga ro‘yxatdan o‘tish va hakozo
holatlarga shubha yuzaga kelgan holatda Qatnashchining Saytga va/yoki Telegram-botga kirishini taqiqlash, Qatnashchining shaxsiy
kabinetini o‘chirib tashlashi yoki taqdim etilgan Arizalarni bekor qilish huquqiga ega. Qatnashchining aksiyada qatnashishining
vijdoniyligini baholash mutlaq Tashkilotchi ixtiyoriga ko‘ra va uning tasarrufida mavjud ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
13.3. Aksiyaning barcha Qatnashchilari va G‘oliblari Aksiyada qatnashishlari yuzasidan sarflagan barcha xarajatlarini mustaqil
to‘laydilar.
13.4. Tashkilotchi quyidagilarni Qatnashchilar va G‘oliblar safidan bir tomonlama va sababini izohlamay chetlashtirishi
mumkin:
- Ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan shaxslar.
- Ushbu Qoidalarning boshqa qoidalarini buzgan shaxslar.
- Buzg‘unchi harakatlarni amalga oshiruvchi va Aksiyaning boshqa Qatnashchilarini yo tashkilotchi vakillarini tahqirlovchi
yoki ularga nisbatan noqulaylik tug‘diruvchi yoxud ularning amaliy obro‘siga putur yetkazuvchi shaxslar.
13.5. Tashkilotchi Atsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot joylashtirish huquqiga ega.
13.6. Agar Aksiya o‘tkazilishiga putur yetkazadigan yoki uning ijrosi, xavfsizligi, haqqoniyligi, butligi yoki talab darajasida
bo‘lishiga daxl qiladigan biror-bir sababga ko‘ra, jumladan kompyuter viruslari, internetdagi nosozliklar, nuqsonlar,
manipulyasiyalar, ruxsat berilmagan aralashuv, qalbakilashtirish, texnik nosozlik yoki Tashkilotchi nazoratida bo‘lmagan istalgan
sabab tufayli ushbu Aksiyaning istalgan jihati rejalashtirilgandek o‘tkazila olmasa, tashkilotchi Aksiya o‘tkazilishini to‘xtatishi yoki
vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin.
13.7. Qatnashchining Aksiyada qatnashishi fakti uning ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va ushbu Qoidalarga
muvofiq Aksiyada qatnashishga roziligini nazarda tutadi.
13.8. Ushbu Qoidalarda ishlatilgan atamalar va tushunchalar Tashkilotchi tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi va, zarur
bo‘lganda, Tashkilotchi ushbu Qoidalarga izohlar va qo‘shimchalar e'lon qilish huquqiga ega.
13.9. Tashkilotchi quyidagi holatlarda Qatnashchilar, jumladan Aksiya sovrinlarining tan olingan sohiblari oldida
javobgarlikka ega bo‘lmaydi:
13.9.1. Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Qatnashchi u sovrin sohibi deb tan olingani haqida o‘z vaqtida
xabardor qilinmaganda.
13.9.2. Qatnashchi ulangan Internet tarmog‘ida operatorlar/provayderlar faoliyatidagi ushbu aksiyada qatnashishga to‘sqinlik
qiluvchi uzilishlar, shuningdek fors-major yoki sovrinlarni egalariga topshirish imkoniyatini istisno qiluvchi boshqa holatlar yuzaga
kelganda.
13.9.3. Aksiyaning elektron ma'lumotlari yo‘qotilishiga olib kelgan elektron aloqa tizimlari, jumladan Internet tarmog‘idagi
uzilishlar.13.9.4. Tashkilotchi tomonidan o‘z majburiyatlari bajarilishiga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi va ularni bajarishni imkonsiz
qiluvchi fors-major holatlar, jumladan suv toshqini, yong‘in, zilzila yoki boshqa tabiat omillari, ish tashlashlar, ommaviy
epidemiyalar; davlat idoralarining farmoyishlari va boshqa, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan obyektiv sabablar.
13.9.5. Qatnashchilar tomonidan ushbu Qoidalarda ko‘zda tutilgan o‘z majburiyatlarining bajarilmasligi (o‘z vaqtida
bajarilmasligi).
13.9.6. Aksiya Qatnashchilarining harakatlari (harakatsizliklari), shuningdek xatolari.
13.10. Ushbu Qoidalarda qo‘llanilgan atamalar mutlaqo ushbu Aksiyaga tegishlidir.
13.11. Ushbu aksiyaga oid barcha bahsli masalalar O‘zbekiston Respublikaasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga
solinadi.
Made on
Tilda